Dala qömondoni, qörboşi Ibrohimbek sovet tarixiga «bosmaçilar harakati»ning eng maşhur yetakçisi sifatida kirgan. U ötgan asrning 30-yillarida sovet hukumatiga qarşi qurolli kuraş olib borgan.

Köp yillar davomida u sovet kinosining eng asosiy «zolim»laridan va sovet adabiyotining antiqahramonlaridan biri - «bosmaçi» sifatida gavdalangan. Ba'zilar uçun u murosasiz duşman bölsa, boşqalar uçun istiqlol kuraşçisi timsoli edi.

Ibrohimbek yillar davomida sovet hukumatiga qarşi kuraşdi. Söngra, qarşilik körsatiş va uruşni davom ettiriş befoyda ekanini tuşunib, taslim böldi. Hibsga olindi va otib taşlandi. Oradan 90 yil ötgaç sud tomonidan oqlandi.

Ibrohimbek laşkarlari (foto RIA-Novosti)

Kuraşning boşlanişi

Ibrohimbek 1889 yilda Buxoro amirligi tarkibiga kiruvçi Duşanbe şahri yaqinidagi Köktoş qişloğida tuğilgan. Uning otasi Çaqaboy özbeklarning laqay uruğiga mansub, öz qişloğining oqsoqoli, ba'zi ma'lumotlarga köra, Buxoro armiyasida töqsabo (polkovnik) yoki amirlik amaldorlaridan edi.

Ibrohimbek 1,5 yil davomida madrasada öqiydi. Özining tan olişiça, öqişni biroz biladi, ammo yozişni örgana olmaydi.

1920 yili Turkistonda sovet hukumati örnatiladi. Buxoro amiri Said Olimxon taxtni taşlab, Afğonistonga qoçadi.

Yangi hukumat ma'muriy binolar yöqligi tufayli madrasalar, masjidlar va boşqa jamoat joylarini egallay boşlaydi. Aholining ğamlab qöygan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-keçagi armiya ehtiyojlari bahonasida tortib olinadi. Uy-joylar va boşqa bostirmalarning yoğoç qismlari buzib olinib, ötin sifatida işlatiladi. Qarşilik qilişga uringanlar surgun yoki qatl etiladi.

Oqibatda, 1921 yil bahorida Şarqiy Buxoroda (Hisor, Qörğontepa, Kölob, Qorategin, hozirgi markaziy va janubiy Tojikiston) mahalliy qabila boşliqlari va diniy ulamolar rahnamoligida qizil armiya va sovet hukumatiga qarşi qözğolon boşlanadi. Isyon yetakçilari barça qabila va qavmlarni duşmanga qarşi kuraşib, vatanni ozod qilişga, istiqlol bayroği ostida birlaşişga, Said Olimxonni taxtga qaytarib, amirlikni tiklaşga çaqirişadi.

Laqay uruği vakillari ham Ibrohimbekning qaynotasi Abduqayum Parvonaçi boşçiligida qözğolonçilarga qöşilib, inqilobçilar va sovet hukumatiga qarşi kuraşni boşlaydi. Ammo tez orada qömondon betob bölib qoladi. Qaynotasining örnini esa yoş Ibrohimbek egallaydi.