Oldinroq #Kunmobilmuxbiri yordamida Amudaryodagi yarmi öyilib, yarmi qolgan köprikdan oğir yuk maşinalari ötayotgani haqida xabar bergan edik. «Jumur ovul» MFY hududidagi köprik ikki oy oldin yaroqsiz holga kelib qolgandi.

Amudaryo tumani hokimligi uşbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Hokimlikning qayd etişiça, köprik tuman «Yöllardan foydalaniş» UK balansida. Uning yaroqsiz holga kelgani yuzasidan tegişli taşkilotlar bilan birgalikda dalolatnomalar rasmiylaştirilgan.

Şuningdek, köprikni ta'mirlaş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Avtomobil yöllari boşqarmasiga tegişli takliflar taqdim qilingan.

Endilikda uşbu köprikni ta'mirlaş böyiça zarur bölgan mablağlar ajratilişi bilan köprikni ta'mirlaş işlari amalga oşirilişini ma'lum qilamiz, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Eslatib ötamiz, bundan oldin #Kunmobilmuxbiri Amudaryo ustida qurilayotgan yangi köprik daryoni qanday jilovlayotgani haqida xabar bergandi.