Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyevning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoyişiga muvofiq Rossiyaning «Silovyye maşiny» kompaniyasi tomonidan joriy yilda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasining töqqizinçi va öninçi energobloklarida modernizatsiya işlari boşlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun modernizatsiya jarayonining uçinçi bosqiçi doirasida stansiyaning 10-sonli energoblokida kapital ta'mirlaş işlari yakuniga yetkazilib energoblok yagona energotizimga ulandi.

— “Sirdaryo IES” AJ jamoasi rossiyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda öz oldiga qöyilgan muhim vazifani yakuniga yetkazdi, mustaqilligimizning 30 yilligi nişonlanayotgan uşbu munavvar kunlarda 10-sonli energoblok muvaffaqiyatni modernizatsiyadan çiqarilib, 6 oylik tanaffusdan keyin yangi quvvatlar elektr energiya işlab çiqarişni boşladi, — deb ta'kidladi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boşqaruvi raisi Farhod Abdurahmonov.

Modernizatsiyani amalga oşiriş hisobiga energoblokning iş samaradorligi oşadi, quvvati 325 MVtga yetkazilib, 1 kVt/s uçun şartli yoqilği sarfi 40 grammga qisqaradi.

Modernizatsiya işlari yakuni böyiça yiliga 180 mln kub metr tabiiy gaz tejaşga erişiladi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ