«Özbekneftgaz» AJ taşabbusi bilan Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasi faoliyati va Ustyurt hududida amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida press-tur taşkil qilindi.

Ustyurt Özbekistonning şimoli-ğarbiy qismida joylaşgan. Mintaqa öz içiga Ustyurt platosi va Orol dengizini qamrab oladi. Bu hududda asosan gazkondensat sanoat-mahsuldorlik qatlamlari yura davri çökmalari, ayrim hollarda paleozoy davri çökmalariga töğri keladi.

1960 yilda Ustyurtdagi Terenquduq va Bayterek hududlarida qatlam parametri va gazsiz tarkibini örganiş maqsadida birinçi çuqur quduqlar qazilgan. 1964 yilda Şaxpaxti hududida birinçi gazkondensat koni va oradan uç yil ötgaç Quaniş koni oçilgan.

Ustyurtning umumiy maydoni 110 ming kvadrat kilometr, tabiiy gaz va neft böyiça istiqbolli maydoni 108 ming kvadrat kilometrni taşkil qiladi.

Hududda 1995-2021 yillar davomida tabiiy gaz va gaz kondensati 11 ta kondan qazib olinmoqda. Bular Urga, Şarqiy Berdaq, Şimoliy Berdaq, Dali, Surgil, Quyi Şarqiy Berdaq, Arslon, Inom, Beskala, Quyi Surgil, Ğarbiy Quyi Surgil konlaridir. 

Biz bu maskanda 2017 yilda işga tuşirilgan «Şarqiy Berdaq» siquv kompressor stansiyasi faoliyati bilan tanişdik. Stansiya mutaxassisi qurilmalar faoliyati haqida töxtalib ötdi. «Şarqiy Berdaq» siquv kompressor stansiyasi boşliği Bayron Abdurahmonovning aytişiça, siquv kompressor stansiyasining asosiy vazifasi qazib olingan past bosimli gazni iste'molçilarga yuqori bosimda yetkazib berişdan iborat.

Press-tur davomida OAV vakillari stansiya boşqaruv markazi bilan ham tanişişdi. Markaz qanday işlaşi haqida qisqaça ma'lumot berildi. Ustyurt gaz qazib çiqariş boşqarmasining boş muhandisi Zafar Rajabov stansiya boşqaruv markazi töliq raqamlaştirilgani, operatorlar töliq ravişda boşqaruvni kompyuter orqali amalga oşirişini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, stansiya öziga ketadigan elektr energiyani özi işlab çiqaradi. Taşqaridan heç qanday elektr energiyasi sarflanmaydi.