Toşkentda bölib ötayotgan Islom taraqqiyot banki boşqaruvçilar kengaşi yiğilişida iştirok etgan Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari Şuhrat Vafoyev qurilişi rejalaştirilayotgan pulli yöllar haqida töxtalib, yangi yöllar mintaqalar böyiça savdo narxini pasaytirişga yordam berişini aytib ötdi.
«Biz xorijiy sarmoyadorlarga pulli yöllar quriş uçun ikkita yönalişni, Toşkentdan Samarqandgaça (305 km) va Toşkentdan Andijongaça (340 km), taklif qilişni rejalaştirmoqdamiz. Tender hujjatlari Jahon banki va YeTTBdagi hamkasblarimiz bilan birgalikda tayyorlanmoqda va kelgusi yilda savdolarni boşlaşni reja qilyapmiz.
Umumiy uzunligi qariyb 645 km bölgan yangi yöllar vaqtni 4 soatdan 2 soatga qisqartiradi va mahalliy, mintaqaviy va xalqaro yölovçi va yuk taşiş uçun işlatiladi.
Uşbu loyihalarni amalga oşiriş mintaqaning transport infratuzilmasini yaxşilaydi va mintaqalar böyiça savdo narxini pasaytirişga yordam beradi.
Xususiy sektor iştirokida işlab çiqilayotgan uşbu va boşqa loyihalar kuçli iqtisodiy ösiş uçun zarur bölgan infratuzilmani yaratiş orqali rivojlanişimizga katta hissa qöşadi», dedi Vafoyev.
Şuningdek, mutaxassis Masdar tomonidan Özbekistonda qurilayotgan quyoş fotoelektr stansiyalariga ham töxtalib, kompaniya elektr tokini rekord darajada past narxlarda, Samarqand uçun bir kVt soatini 1,79 sent, Surxondaryo loyihasi uçun 1,80 sent va Jizzax loyihasi uçun 1,82 sent narxida yetkazib berişga kelişilganiga ham urğu berdi.








