Şuhrat Abduşarifoviç Vafoyev Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (SIA) boş direktori lavozimidan ozod etildi. Uning örnini Prezident administratsiyasi xodimi Bahodir Rahmatov egallaşi kutilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz yozdi.

Manbaga köra, prezident Şavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni SIA faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qarorni imzolagan. Endi agentlik boş direktori bir vaqtning özida Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti boşliğining örinbosari böladi. Agentlik rahbari bundan keyin ham prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

SIA rahbari örinbosarlari maqomi böyiça Prezident administratsiyasi sektori mudiriga tenglaştirilib, prezident yordamçisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Qayd qilinişiça, yangi taşkil qilingan agentlik boş direktorining bir örinbosari böladi (hozir bir nafar birinçi örinbosar va örinbosar mavjud). Şuningdek, qariyb barça boşqarma va bölimlar, jumladan, Strategik taşabbuslarni ilgari suriş boşqarmasi, Davlat dasturlari monitoringi boşqarmasi, Xalqaro moliya institutlari va xalqaro taşkilotlar bilan işlaş boşqarmasi, Soha va tarmoqlarda islohotlarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi, Islohotlarni baholaş va tizimli muammolarni aniqlaş boşqarmasi, Davlat boşqaruvini takomillaştiriş boşqarmasi va boşqalar ham qisqartiriladi.

Ular örniga ilğor xorijiy tajriba va reytinglarni örganiş asosida muhim taşabbuslarni işlab çiqiş guruhi, amalga oşirilayotgan islohotlar samaradorligini baholaş va monitoring qiliş guruhi, xalqaro va xorijiy taşkilot hamda institutlar bilan özaro hamkorlikka asoslangan muhim taşabbuslarni işlab çiqiş guruhi, xorijiy ekspertlar va maslahatçilar bilan özaro hamkorlik guruhi, ilmiy taşkilotlar bilan özaro hamkorlik asosida muhim taşabbuslarni işlab çiqiş guruhi, loyihalarni boşqariş guruhlari taşkil etiladi.

Agentlik Prezident administratsiyasi binosiga köçadi, ştatlar soni 50 dan 20 kişiga qisqartirildi.

Strategik rivojlaniş agentligi 2021 yil iyul oyida taşkil etilgan edi. Uning vazifalari qatoriga investitsiyalarni jalb qiliş, tarmoqlar va hududlar böyiça loyihalarni amalga oşiriş kiritildi. 2022 yil sentabr oyida mazkur organ Strategik islohotlar agentligi etib qayta taşkil etildi va unga Şuhrat Vafoyev rahbar bölgan edi.