Özbekiston iqtisodiyotning eng yirik tarmoqlarini xususiylaştirişga tayyorgarlik körmoqda, deya ma'lum qildi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisining örinbosari, respublika Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori Şuhrat Vafoyev.

«Biz strategik sektorlarimizni xususiylaştirişni boşlaş borasida jiddiy işlamoqdamiz», - deya ma'lum qildi u çorşanba kuni Toşkentda bölib ötgan biznes-forumda.

Vafoyevning xabar berişiça, aviatsiya, energetika, kimyo sanoati va telekommunikatsiya sohasi xususiylaştiriladi.

Uning sözlariga köra, xususiylaştiriş garçi investorlar uçun yangi imkoniyatlar oçsa-da, jarayon muayyan qiyinçiliklarga ham ega.

«Davlat korxonalarini qayta tuziş - biz uçun ustuvor vazifa», - deya ta'kidlab ötdi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Reuters mamlakat boş vaziri örinbosari Suhrob Xolmurodov va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi vakili Sardor Sa'dullayevga tayangan holda Özbekiston «Özbekiston havo yöllari»ning xususiylaştirilişiga tayyor ekani, ammo oltin konlari va neft qazib oliş ustidan nazoratni saqlab qolişni rejalaştirayotgani xabar berilgandi.

«Biz davlat nazorati ostida uşlab turilişi zarur bölgan asosiy soha sifatida, asosan, oltin qazib oliş va asosiy neft şirkatimizni körmoqdamiz», - degandi Sa'dullayev YeTTBning Iordaniyada bölib ötgan har yillik yiğilişida.