Prezident farmoni bilan Şuhrat Vafoyev Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi boş direktori lavozimiga tayinlandi.
Şuhrat Vafoyev 1968 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Moskva muhandislik quriliş instituti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Jonc Hopkins universitetini tamomlagan.
1996-2000 yillarda Markaziy bank tuzilmalarida turli lavozimlarda işlagan, 2000-2002 yillarda Vazirlar Mahkamasi Taşqi iqtisodiy aloqalar departamenti bölim boşliği bölgan, 2002-2007 yillarda Jahon banki va Xalqaro valuta fondi Ijroçi direktori maslahatçisi sifatida faoliyat yuritgan. 2007 yildan 2010 yilgaça Moliya vazirligida turli lavozimlarda işlagan .
2010-2012 va 2017-2018 yillarda Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori bölgan, 2012-2017 yillarda şu jamğarmada direktorning birinçi örinbosari sifatida işlagan. 2018-2019 yillarda Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori - Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi örinbosari bölgan.
Şuhrat Vafoyev 2019 yil yanvaridan buyon investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan oldinroq Özbekiston prezidentining Strategik islohotlarni jadallaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisidagi farmoni imzolagandi.








