Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari va Xiva şahridagi «Içon qal'a» davlat muzey-qöriqxonasi ilmiy xodimlari hamkorligida Köhna ark oçiq maydonida arxeologik qazişmalar boşlandi.
Uşbu hududda ilk arxeologik izlanişlar ötgan asrning 90-yillarida amalga oşirilgan bölib, XVIII-XIX asrga oid madaniy qatlam aniqlangan va nodir aşyolar topilgan edi.

Galdagi arxeologik qazişmalardan maqsad – izlanişlarni yanada takomillaştiriş, eng qadimgi madaniy qatlamlarni qidirib topiş, ilmiy örganiş va ulardan muzeylaştiriş jarayonlarida keng foydalaniş, boy tariximiz sahifalarini yangi, nodir daliliy aşyolar bilan töldiriş va tarğib qilişdan iborat.
Arxeologik qazişmalar olib borilayotgan maydonni kelgusida sayyohlar tomoşa qiladigan va oyna bilan qoplangan ekspozitsiyasiga aylantiriş rejalaştirilgan.








