Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkentda, Islom Taraqqiyot Banki boşqaruv kengaşining 46-yillik anjumanida nutq sözladi.
Davlat rahbari öz sözida Markaziy Osiyodagi ilk uyğoniş davri namoyandalari haqida töxtaldi.
“Qadimiy Özbekiston – ya'ni, Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qöşgan alloma va mutafakkirlar yurtidir.
Buxorolik buyuk ulamo – imom Ahmad ibn hafs Kabir Buxoriy va uning butun dunyoga tanilgan şogirdlari, imom al-Buxoriy va imom at-Termiziy asarlarining islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratişdagi ahamiyati beqiyosdir.
Buxoroi şarif musulmon olamida “qubbat-ul islom”, ya'ni “islom dinining gumbazi” nomi bilan ma'lum va maşhurdir.
“Jorulloh” (“Allohning qöşnisi”) degan şarafli nom bilan uluğlangan xorazmlik alloma Mahmud az-Zamahşariy arab tili grammatikasi rivojiga ulkan hissa qöşganligi sizlarga yaxşi ma'lum, deb öylayman.
Makkai mukarramadagi Masjid ul-haram yaqinida yaşagan bu benazir olimning grammatikaga oid “Al-Mufassal” asari, arabça-forsça luğat kitobi Şarq davlatlari oliygohlarida köp asrlar mobaynida asosiy darslik va qöllanma vazifasini bajargan.
Yurtimizning islom dunyosi rivojiga qöşgan bebaho hissasi buyuk Amir Temur hukmronligi davrida yanada yorqin namoyon böldi.
Sohibqiron bobomiz poytaxti Samarqand bölgan öz davrining eng qudratli davlatini barpo etdi. Öz tarkibiga bepoyon hududlarni qamrab olgan uşbu ulkan saltanat öşa davrdagi islom dunyosining asosiy mintaqalarida iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni yuksak çöqqilarga olib çiqdi.
Şu ma'noda, Amir Temur hazratlarining: “Men saltanatim binosini islom arkonlari asosida mustahkamladim”, degan sözlari albatta bejiz aytilmagan.
Aynan ana şunday mustahkam poydevorga, Şarq uyğoniş davrida butun musulmon olami erişgan ulkan ilmiy, falsafiy va madaniy salohiyatga tayanib, bizning uluğ bobolarimiz ham özlarining buyuk kaşfiyot va ixtirolarini yaratganlar.













