Suhrob Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi tomonidan maktab öquvçilari va OTM talabalari örtasida ötkazilgan “Poliglot” bellaşuvida respublikada 2-örinni egallagan. U Özbekistonda elektromobillar işlab çiqarişni yölga qöyişni orzu qiladi.

“Dadam doim bizga vaqt ajratadi”

— Oilada uç farzandmiz. Yutuqlarimda ota-onamning hissasi katta, ayniqsa dadam yoşligimdan nimadir örganişga qiziqtirganlar. Işdan keç kelsalar ham har kuni erinmasdan biz uçun vaqt ajratardilar, biz şu mavzuda gaplaşardik. Intilişlarimda bu suhbatlarning ta’siri katta bölgan.

Özbekistonda birinçi bölib CEFR tizimida S2 sertifikatini oldim. Bu sertifikat IELTS bilan taqqoslanganda 9 ballga teng keladi.

S2 sertifikati nufuzli Kembrij universiteti tomonidan 2004 yildan joriy qilingan bölib, dunyoning 50 dan ortiq davlatida ommalaşgan. S2 – ingliz tilini özlaştiriş darajasining eng yuqorisi. Hali Özbekistonda bu sertifikatni boşqa heç kim qölga kiritmagan. Hozirça men va ustozim Muhammadxon Soliyev birinçilardan bölib unga ega böldik.

“Ingliz tilini mustaqil örgana boşlaganman”

— Bolaligimda köp inglizça multfilmlar körardim va tuşunmaganim uçun katta qiziqiş paydo bölardi. Inglizça luğatlar va internet orqali tarjima qilib, tuşunişga harakat qilardim.

Boşida grammatika qoidalariga, söz qöllaş qoidalariga unçalik e’tibor bermasdim. Özimga kerakli narsalarni öqib, tarjima qilib örganaverganman. Şu tariqa mustaqil ingliz tilida gapira oladigan böldim. Grammatikasini bilmasam ham har xil resurslardan sözlar olib birlaştirib gapiraverardim.

Yoşligimdan ota-onam qölimga kitob tutqazişgan. Bolaligimda ertaklar, rasmli kitoblarni yaxşi körib öqiganman.

“Kelajagimni elektromobillar sohasida köryapman”

— Maktabni tugatgaç, dunyoning eng nufuzli universitetlarida öqimoqçiman. U yerda olgan bilimimni birlaştirib, Özbekistonda katta innovatsion ğoyalarni amalga oşirmoqçiman. Aniqroği sun’iy intellekt yönalişini rivojlantirişni, şu sohani yanada ommalaştirişni maqsad qilganman.