“Özgidromet” xabariga köra, 8 sentyabrda respublika şimoliga antitsiklon kirib kelişi boşlandi, u Volgaböyi hududlaridan salqin havo olib keldi. 9 sentyabrda salqin havo massasi Özbekistonning barça hududini qamrab oldi, harorat keçalari 14-17 daraja iliqqaça, şimolda 8-13 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 27-32 daraja issiqqaça pasaydi.
Bugun kunduz kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelişi davom etadi va kunduz kungi harorat 24-27 daraja issiqqaça pasayadi va örtaça köp yillik qiymatlardan 2-4 darajaga past böladi. Respublikaning katta qismida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat toğli hududlarda ba'zi joylarda yomğir yoğişi mumkin, baland toğlarda yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Ayrim joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Şanba va yakşanba kuni sovuq antitsiklon ta'siri hisobiga harorat keçalari 12-15 daraja iliqqaça pasayadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va yakşanba kuni harorat 27-30 daraja issiqqaça kötariladi.












