Misr maxsus kuçlarining sobiq zobiti va «Al-Qoida»ning yuqori martabali a’zosi Sayful Odil endi uşbu jangarilar guruhining yangi rahbari hisoblanadi, deyiladi BMT hisobotida. AQŞ hukumati uning boşi uçun 10 million dollar mukofot va’da qilmoqda. Bu haqda Reuters yozdi. 

2011 yilda «Al-Qoida» terrorçilik guruhi asosçisi Usoma bin Lodin öldirilganidan keyin taşkilotga Aymon Az-Zavohiriy rahbar bölgan edi. 2022 yilda AQŞ tomonidan Kobulga raketa zarbasi berilişi oqibatida uning yöq qilingani taxmin etilmoqda. Biroq, «Al-Qoida» uning örnini kim egallaganini e’lon qilmadi. 

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining xatarlarni baholaş hisobotida qayd etilişiça: «2022 yil noyabr va dekabr oylarida bölib ötgan muhokamalar çoğida köplab a’zo davlatlar Sayful Odil allaqaçon taşkilot rahbariga aylangan, degan xulosaga kelgan». 

Sayful Odil taşkilot uçun yangi odam emas. Uning terrorçilik harakatlaridagi iştiroki uzoq ötmişga borib taqaladi. 

1998 yil noyabr oyida Odil Qöşma Ştatlarning Tanzaniya va Keniyadagi elçixonalarida 224 nafar tinç aholining ölimiga va 5 mingdan ortiq kişining jarohatlanişiga sabab bölgan portlaşlarga aloqadorlikda AQŞ federal katta hay’ati tomonidan ayblangan edi. 

Odil maxfiylikka qattiq rioya qiladi. Misol uçun, Federal qidiruv boşqarmasida (FQB) uning uçta fotosurati bor xolos. Asosiy fotosurat köp yillar oldin olingan va oq-qora tasvirga ega. 

Amerikalik tergovçilarga köra, uning Afrikadagi operatsiyalari, maşğulot lagerlari va 2002 yilda Pokistonda amerikalik jurnalist Deniyel Perlning öldirilişiga aloqador ekanidan taşqari, Odil haqida ma’lum bölgan faktlar juda kam. 

AQŞ Davlat departamenti ma’lumotlariga köra, Odil Eronda yaşirinib yuribdi. AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, Odil «Al-Qoida» boşqaruv kengaşining a’zosi va taşkilot harbiy qömitasiga raislik qiladi. U haqdagi haqqoniy ma’lumotlar uçun 10 million dollargaça pul taklif qilinmoqda. 

«Al-Qoida» faoliyatini kuzatib borgan FQB sobiq maxsus agenti Ali Sufyon sözlariga köra, Sayful Odil (Adolat qiliçi) uning taxallusi bölib, haqiqiy ismi Muhammad Salohiddin Ziydon. 

Odil qonli faoliyatini 1981 yilda boşlagani, Misr prezidenti Anvar Saodatga suiqasd uyuştirişda iştirok etgani haqida taxminlar bor. Şuningdek, u 1993 yilda 18 amerikalik askar halok bölgan Somalida AQŞ harbiy vertolyotiga uyuştirilgan pistirmada ham qatnaşgani haqida ba’zi faktlar bor.