AQŞ Davlat departamentidagilarning hisoblaşiça, uning ölimi «Al-Qoida» tarafdorlari yoki u bilan aloqador bölgan boşqa terrorçilik guruhlarni Amerika obektlari yoki fuqarolariga zarba berişga undaşi mumkin.

AQŞ prezidenti Jo Bayden 2 avgust kuni dunyoning birinçi raqamli terrorçilaridan biri, «Al-Qoida» yetakçisi Ayman az-Zavohiriy Afğonistondagi amaliyot natijasida öldirilganini ma’lum qildi. U Kobul markazidagi uylardan birining balkoniga amerikaliklar droni orqali zarba berilişi oqibatida halok bölgan. Amaliyot AQŞ qöşinlari Afğonistonni tark etib, hokimiyatga «Tolibon» kelişidan deyarli bir yil ötib amalga oşirildi.

Hujumdan oldin bir neça oy davomida puxta rejalaştiriş işlari olib borildi: CNN xabariga köra, asosiy vazifa tinç aholi vakillari, jumladan az-Zavohiriyning oilasi a’zolari halok bölişiga yöl qöymaslik edi. Telekanal ma’lumotiga köra, Amerika razvedkasi yil boşida «Al-Qoida» rahbarining joylaşuvini aniqlagan. Jo Baydenga bu haqda aprel oyida, ma’lumot uzil-kesil tasdiqlanganida hisobot berilgan.

Amaliyotni batafsil rejalaştiriş az-Zavohiriyning xulq-atvorini, şuningdek u yaşayotgan uyning dizayni va tuzilişining alohida jihatlarini örganişni ham öz içiga olgan. Yakuniy brifing 25 iyul kuni ötkazilgan, beş kun ötib esa amerikaliklar ikkita Hellfire raketasini yöllagan. The New York Times gazetasi yozişiça, ekspertlar fikriça, zarbalar aynan bir insonni yöq qilişga möljallangan R9X raketalari orqali berilgan. Ular özi bilan portlovçi modda olib yurmaydi va kinetik energiya bilan obektni yakson qiladi. Zarba vaqtida az-Zavohiriy uy balkonida bölgan.

Ayman az-Zavohiriy sönggi vaqtlarda yaşab kelgan uy. 

Az-Zavohiriy ösmirligidayoq «Musulmon birodarlar»ga qöşilgan. Keyinroq SSSRga qarşi uruşda afğon mujohidlariga yordam körsatgan

Ayman az-Zavohiriy 1951 yilda Misrda tuğilgan. U badavlat va obröli oilada ösgan: uning qarindoşlari siyosatçilar, şifokorlar, olimlar va diniy ulamolar bölişgan. 1974 yilda u tibbiyot böyiça diplom olgan, uç yil jarroh sifatida armiyada xizmat qilgan, 1978 yilda esa jarrohlik sohasida magistrlik darajasini olgan.

Az-Zavohiriy juda yoşligidan siyosiy islomni örganişga kirişgan. 14–15 yoşlarida u «Musulmon birodarlar» diniy-siyosiy birlaşmasiga a’zo bölgan. Unga 1966 yilda qatl etilgan yozuvçi hamda uyuşma mafkuraçisi Sayyid Qutb katta ta’sir körsatgan. Şundan söng, The New York Times naşri yozişiça, az-Zavohiriy Misrdagi dunyoviy hukumatni ağdarişni maqsad qilgan yaşirin yaçeykani şakllantirişda iştirok etgan. BBC News ma’lumotiga köra, 1970-yillarda bu yaçeyka «Misr islom jihodi» terrorçi guruhiga qöşilgan.