Davlat statistika qömitasining dastlabki ma'lumotlariga köra, 2021 yilning 1 sentabr holatiga köra, respublikada jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini işlab çiqarilgan.

Avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 5,1 foizga oşgan.

Eng köp mahsulot mart oyida işlab çiqarilgan – 106 ming tonna, eng kami esa iyulga töğri keladi, 85,7 ming tonna.

Statistika joriy yilning 7 oyida 74,6 mln litr avtomobil benzini import qilinganini körsatadi. Import 4 barobarga oşgan.

Ayni şu davrda mamlakatda benzin işlab çiqariş 632,2 ming tonnaga teng.

Joriy yilning 7 oyida Özbekistonga benzin sotayotgan davlatlar kuçli uçligini Rossiya (136,5 mln litr), Turkmaniston (116,3 mln litr ) va Qozoğiston (15,6 mln litr) band qilib turibdi.

Içki işlab çiqarişga qaraydigan bölsak, avtomobil benzini işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan respublika miqyosida işlab çiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori uluşlar Buxoro viloyati 78,8 foiz, Farğona viloyati 21,1 foiz hamda 0,1 foiz bilan Qaşqadaryo viloyati hissasiga töğri keladi.

Statistik ma'lumotlar şuni körsatadiki, joriy yil davomida benzin işlab çiqariş hajmi içki bozorda ham ortgan, import qilingan mahsulot hajmi ham keskin köpaygan. Şunday bölişiga qaramay uşbu mahsulotning narxi oşişda davom etmoqda. Birgina avgust oyida benzin narxi 4,3 foizga qimmatlaşgan. Sentabr oyining boşidan buyon Toşkentdagi aksariyat yonilği quyiş şoxobçalarida import qilingan benzin narxi kötarilgan. AI-95 markali mahsulot narxi 300-400 sömga oşgani aytilmoqda.

Rasmiy manbalarga köra, yil boşidan beri benzin narxi 26,9 foizga, propan narxi esa 19,1 foizga qimmatlaşgan.