Statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonga qiymati 96,6 mln AQŞ dollariga teng bölgan 274,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan.
Qömita matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, benzin importi ötgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ortgan.
Özbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 136,5 mln litr
- Turkmaniston – 116,3 mln litr
- Qozoğiston – 15,6 mln litr
Hududlar kesimida eng köp benzin import qilgan Toşkent şahri hisoblanadi, poytaxt hissasiga 67,7 foiz import benzini töğri keladi.
Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar (AQŞ dollarida):
- Toşkent şahri – 65,4 mln.
- Farğona viloyati – 11,6 mln.
- Buxoro viloyati – 8,4 mln.
- Namangan viloyati – 4,2 mln.
- Samarqand viloyati – 3,6 mln.
- Sirdaryo viloyati – 2,2 mln.
- Toşkent viloyati – 752,9 ming
- Xorazm viloyati – 293,6 ming
- Qoraqalpoğiston R. – 194,2 ming
- Qaşqadaryo viloyati – 69,0 ming
Avvalroq eng köp benzin Buxoroda işlab çiqarilgani ma'lum qilingandi.












