Andijonda yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida uç nafar fuqaro halok böldi. Bu haqda Boş prokuratura axborot xizmati xabar qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 21 sentabr kuni Andijon şahri, Boğişamol dahasida bölgan ayançli avariya oqibatida “Treker” içida bölgan 3 nafar talabalar halok bölgani haqida videoxabarlar tarqaldi.

Boş prokuratura ma'lumotiga köra, uşbu hodisa oqibatida 3 nafar şaxs vafot etgan va 1 nafar şaxs tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 sentabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda Andijon tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat örnatilgan.