Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov işga piyoda otlanib, buni jonli efirda yoritdi.

Yaponiyadagi elçimiz Muhsinxöja Abdurahmonov işga velosipedda otlanib, vatandoşlarni uşbu aksiyada faol iştirok etişga çorladi.

Turizm va sport vazirligi esa «Xalqaro avtomobilsiz kun» tanlovini e'lon qildi. Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov rahbarlarni namuna bölişga çaqirdi. Özi ham işga velosipedda keldi.

U boşliq velosipedçilar Ekopark tomon harakatlanişdi. Ğoliblarga 27 sentabr – Butunjahon turizm kuni boş vazir örinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan mukofotlar tantanali ravişda topşirilişi e'lon qilindi.

Toşkent hayvonot boği jamoasi işga avtomobillarsiz velosipedda kelib, aksiyaga qöşilişdi.

Poytaxt Toşkent şahrida soat 20:00dan boşlab «Tungi velosayr» festivali ötkazildi. U poytaxtdagi Maxtumquli va Mirzo Uluğbek köçalari kesişmasidan boşlanib, «Yangi Özbekiston» boğigaça davom etdi.

Davlat bojxona qömitasining Bojxona instituti rahbariyati va şaxsiy tarkibi ham işga piyoda va velosipedda kelişdi. Qayd etiş joyiz, qömitaning joylardagi boşqarmalari ham aksiyada faol iştirok etişdi.

Samarqand, Buxoro va Farğona şaharlarida ham aksiyaga atab piyoda yurişlar va velopoygalar ötkazildi.

Aksiyadan murod nima?