Ma'lum qilinişiça, Fuqarolik işlari böyiça Jomboy tumanlararo sudining 2020 yil 25 sentyabrdagi qaroriga asosan qarzdor A.U.dan undiruvçi Ş.U.ga ikki nafar farzandining ta'minoti uçun daromadning uçdan bir qismi miqdorida aliment undiriş belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Bulunğur tuman bölimi tomonidan ijro işi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlaş maqsadida «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegişli taşkilotlarga sörovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdorning barça mol-mulklariga taqiq qöyilgan. 

Muqim daromadi bölmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor A.U. bilan suhbat ötkazgan. Unga farzandlarini moddiy qöllab-quvvatlaş har bir otaning burçi ekanligi tuşuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan öziga töğri xulosa çiqargan qarzdor ota şu kuni farzandi voyaga yetguniga qadar bölgan muddat uçun hisoblangan 167 million söm tölab bergan. Şundan söng mazkur sud hujjati undiruvçining arizasiga asosan Qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.