Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2020 yil 12 avgustdagi qaroriga asosan qarzdor R.X.dan undiruvchi F.Q.ga bir nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning to‘rtdan bir qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Narpay tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 21-, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdor otaning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor A.K. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekanligi tushuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan muddat uchun hisoblangan 367 million 690 ming so‘m pulni to‘lab berdi. Shundan so‘ng, mazkur sud hujjati undiruvchining arizasiga asosan Qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.