Inson huquqlari böyiça xalqaro taşkilot Freedom House 2020 yil 1 iyundan 2021 yilning 31 mayigaça davlatlardagi internet erkinligi darajasini aks ettiruvçi hisobotini e'lon qildi.

Ma'lum qilinişiça, global internet erkinligi böyiça natijalar ketma-ket 11-marta pasaymoqda. Inson huquqlari böyiça vaziyat 30 ta mamlakatda yomonlaşgan. Eng katta pasayiş Myanmada yuz berdi. Undan keyingi örinlarda Belarus va Uganda. Şuningdek, bu boradagi eng katta yaxşilaniş Ekvador va Gambiyada kuzatilgan.

Hisobotda Özbekiston erkin internetga ega bölmagan davlatlar qatoridan joy olgan va 100 ballik baholaş körsatkiçlaridan 28 ball töplagan.

Uşbu reyting körsatkiçlari 9 xil toifa insidentlari böyiça şakllantirilgan:

  • ijtimoiy tarmoqlar yoki kommunikatsiya platformalari bloklangan;
  • siyosiy, ijtimoiy yoki diniy kontentga tösiq qöyilgan;
  • AKT tarmoqlari qasddan buzilgan;
  • hukumatparast izohçilar onlayn muhokamalarni manipulyatsiya qilgan;
  • senzurani kuçaytiruvçi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;
  • kuzatuvlarni kuçaytiruvçi yoki anonimlikni çeklovçi yangi qonun yoxud normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan;
  • internetda siyosiy yoki ijtimoiy kontent yaratgan bloger yoki tarmoq foydalanuvçisi hibsga olingan;
  • bloger yoki tarmoq foydalanuvçisi jismoniy hujumga uçragan;
  • hukumat tanqidçilari yoki inson huquqlari taşkilotlariga texnik hujumlar bölgan.

Faqatgina 2 ta (Özbekiston va Xitoy) davlatda hisobot davri davomida yuqoridagilarning barçasi kuzatilgan.

Qolgan Possovet mamlakatlari esa mos ravişda Gruziya(77), Armaniston (71), Ukraina (62), Qirğiziston (63), Ozarboyjon (35), Qozoğiston (33) va Rossiya (30) ball bilan baholangan.

Reytingni 100 balldan 96 ball töplagan Islandiya boşqarib turibdi. Yuqori beşlikda Estoniya, Kanada, Kosta-Rika, Tayvan ham bor.

Ma'lumot uçun, Freedom House 2020 yil yakunlari böyiça e'lon qilingan hisobotida Özbekistondagi erkinlik darajasi 100 balldan 11 ballga baholangan va Özbekiston «erkin bölmagan» mamlakatlar qatorida