Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, qit'ada hozirda ko‘mirning bir tonnasi 137 dollarni tashkil qilmoqda. Ta'kidlanishicha, bu 2008 yildan beri ushbu yoqilg‘i turi uchun eng yuqori narxdir.
Agentlikning izoh berishicha, ko‘mir narxi oshishi gaz narxi oshishi bilan bog‘langan. Gaz narxi oshishi boshqa arzonroq energiya manbalariga talabning oshishiga olib kelgan.
15 sentyabrda Yevropada gaz narxi ming kubmetri uchun 950 dollarga yetgan. Yevropada ko‘mir zaxiralari juda oz. Uni Avstraliya, Janubiy Afrika va Kolumbiyadan eksport qilish qiyin, Rossiyadan yetkaziluvchi ko‘mir esa yetmaydi.








