Britaniyaning The Telegraph gazetasi 23-avgust kuni Yevropa böylab mudofaa sanoati korxonalariga qarşi diversiyalar uyuştirilayotgani haqida material eʼlon qildi.

Naşr suhbatlaşgan maxsus xizmatlar vakillarining fikriça, bunday hujumlar NATO şartnomasining 5-moddasi işga tuşişiga olib kelmaydigan darajada rejalaştirilayotgan bölişi mumkin. Mazkur modda alyans aʼzolaridan biriga qilingan qurolli hujumni barça aʼzolarga qilingan hujum sifatida baholaşni nazarda tutadi.

Estoniya, Italiya, Bolgariya va Çexiyadagi hodisalar

The Telegraph sönggi vaqtlarda Yevropa davlatlarida mudofaa sanoati obyektlarida kuzatilgan bir neçta hodisaga eʼtibor qaratgan.

Jumladan, Estoniyada 15-avgust kuni Tallindagi Milrem Robotics mudofaa kompaniyasi binosiga qasddan öt qöyişda gumon qilingan uç kişi qölga olingan. Ularning ikki nafari hibsga olingan.

Milrem Robotics Ukraina Qurolli kuçlari uçun uçuvçisiz yerusti apparatlarini yetkazib beradi.

Şuningdek, avgust oyida Italiya va Bolgariyadagi yirik qurol-yaroğ işlab çiqariş korxonalarida portlaşlar sodir bölgani qayd etilgan.

Bundan taşqari, joriy yilda Çexiyada Ukraina uçun dronlar va teplovizion optika işlab çiqaruvçi zavodda yirik yonğin çiqqan. Olov korxonani deyarli töliq yöq qilgan, hodisa yuzasidan tört kişi qölga olingan.

Jinoiy guruhlar vositaçi sifatida işlatilişi aytilmoqda

The Telegraph maʼlumotlariga köra, bunday hodisalarni bevosita Moskva bilan boğlaş imkonini beradigan dalillar kamdan kam hollarda qoldiriladi.

Naşrning yozişiça, Rossiya Boş ştabi Boş boşqarmasi ofitserlari Yevropa mamlakatlaridagi jinoiy guruhlar bilan aloqa örnatib, ularning ayrim aʼzolaridan vositaçi sifatida foydalanişi mumkin.

Aloqa örnatiş va vazifalarni yetkazişda Telegram kabi messenjerlardan foydalanilişi, topşiriqlarni bajaruvçilarga esa kriptovalyuta orqali haq tölanişi aytilmoqda. Gazetaga köra, ayrim ijroçilar topşiriq ortida kim turganini hatto bilmasligi ham mumkin.

Naşr Moskva bunday harakatlar orqali NATO ittifoqçilari örtasida kelişmovçilik keltirib çiqarişga va alyansning ehtimoliy javobini sinab körişga urinayotgan bölişi mumkinligini yozgan.