Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov fikriça, bular bir-biridan alohida voqealar emas.

Dunyo siyosatida jamoatçilik fikri eng muhim va markaziy mezon bölmasligi mumkin, lekin uni ahamiyatsiz deb ham bölmaydi. Davlatlarning global reputatsiyasi - juda qimmatli resurs. Bu resursni ifodalovçi maxsus atama va tuşunçalar ham bor. Masalan, “yumşoq kuç”.

Keyingi bir hafta-ön kun içida uçta muhim voqea yuz berdi. Menimça, ular dunyo hamjamiyatida, jumladan Isroilning özida ham mamlakat hukumatining mintaqada olib borayotgan siyosatiga nisbatan tanqid juda yuqori nuqtaga çiqqanini körsatadi. Bu voqealar, öz navbatida, Isroilga nisbatan tanqidiy rezonansni yanada kuçaytirişi mumkin.

Xöş, gap qaysi voqealar haqida ketmoqda?

“NAZA” filmi - isroillik harbiylar guvohligi

Birinçi voqea - Venetsiya kinofestivalida “NAZA” hujjatli filmining namoyiş qilinişi.

Film isroillik rejissyorlar Yuval Abraham va Reyçel Şor tomonidan suratga olingan va The Guardian iştirokida tayyorlangan. Unda Isroil armiyasining Ğazodagi harbiy amaliyotlari, jumladan nişonlarni aniqlaşda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanişi va bu jarayonda tinç aholi orasidagi qurbonlar masalasi kötariladi.

Mualliflar 24 nafar isroillik harbiy va razvedka tizimi vakillari bilan suhbatlaşgan. Ularning aksariyati xavfsizlik sabab şaxsini oşkor qilmagan.

Filmda keltirilgan eng oğir guvohliklardan birida bir nafar HAMAS aʼzosini yöq qiliş uçun yuzlab tinç aholi qurbon bölişi mumkin bölgan zarbalarga ruxsat berilgani haqida söz boradi.

Bu guvohliklar Isroilning Ğazodagi harbiy harakatlari va tinç aholi ölimi böyiça xalqaro maydondagi bahslarni yanada kuçaytirdi.

“NAZA” Venetsiya kinofestivalida namoyiş qilinganida tomoşabinlar film ijodkorlarini qariyb 25 daqiqa tik turib olqişladi. Film festivalning maxsus hakamlar hayʼati mukofotiga ham sazovor böldi.

Bu yerda menimça eng muhim nuqta boşqa: Isroilning Ğazodagi harakatlari avval ham qattiq tanqid qilinardi. Ammo bu safar ayblovlarning muhim qismi Isroilning özidan - isroillik jurnalistlar, rejissyorlar, harbiylar va razvedka tizimida işlagan odamlar guvohliklari orqali yangramoqda.

Bu esa masalaning siyosiy va maʼnaviy taʼsirini yanada oşiradi.