Arxiv ma'lumotlariga qaraganda 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston davlat xavfsizlik organlarining shaxsiy tarkibi ham ishtirok etgan. 552 nafar xavfsizlik xodimlari armiyaning razvedkaviy organlarida hamda «SMeRSh» harbiy kontrrazvedka bo‘limining armiya va flotida xizmat qilishgan. Ularning 28 nafari ayollar bo‘lgan. «SMeRSh» organlari eng murakkab kontrrazvedkaviy vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qo‘mondonlikni tegishli qismlari, birlashgan va armiya muassasasining o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xabardor etib turgan. Quyidagi maqolada xavfsizlik xizmatining Ikkinchi jahon urushi yillarida matonat ko‘rsatgan ayrim xodimlari yodga olinadi.

Mayor Abdullayev Gulyamdjan Xakimovich, 1923 yil 18 martda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1949 yilning iyul oyidan 1973 yilning fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlari, shu jumladan, DXQ Farg‘ona viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Polkovnik Azizov Axmad Maxamadjanovich, 1923 yil 6 aprelda Toshkent viloyatining Chirchiq tumanida tavallud topgan, millati o‘zbek.

1943 yil mart oyidan 1985 yil may oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shuningdek, Buxoro, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari boshqarmalari davlat xavfsizligi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Aliyev Mamatvali, 1923 yil 23 oktyabrda Namangan shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1946 yil iyun oyidan 1976 yil fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shu jumladan, DXQ Namangan viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Podpolkovnik Aliyev Parda, 1920 yil 15 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek.

1949 yil noyabr oyidan 1972 yil fevral oyiga qadar davlat xavfsizligi organlarida, shu jumladan, DXQ Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari boshqarmalarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.