Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan uçinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasiga köra, endilikda Özbekiston fuqarolari boşqa davlat fuqaroligini olgan taqdirda davlat organlarini xabardor qilmasa, javobgarlikka tortilişi mumkin. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Farhod Aşmatovga asoslanib Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişça, ayrim davlatlarda qöş fuqarolik qonun bilan taqiqlanmagani sababli amaliyotda Özbekiston fuqarolari xorijda özlari bölib turgan mamlakat fuqaroligini qabul qiliş holatlari uçramoqda. Şuningdek, vakolatli davlat organlariga Özbekiston fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini qabul qiliş holatlarini aniqlaş vazifasi yuklatilgan, lekin amaldagi qonunlarga asosan, fuqarolarda uşbu fakt yuzasidan davlat organlariga xabar beriş majburiyati mavjud emas.
Qonunçilik palatasi deputati Farhod Aşmatovga köra, kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöymaslik va fuqarolarning mas'uliyatini oşiriş maqsadida 24 avgustdagi yalpi majlisda deputatlar «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonuni loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda bir ovozdan ma'qullagan.
Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- Özbekiston Respublikasi fuqaroligida bölgan va çet davlat fuqaroligini olgan şaxslarni, çet davlat fuqaroligini qabul qilgan kundan boşlab öttiz kalendar kuni içida xabar beriş tartibi joriy qilinadi;
- Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermaganligi uçun javobgarlik kiritiladi;
- Özbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilgan şaxs tomonidan, Özbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti yoki identifikatsiya ID-kartalaridan foydalanganlik uçun ma'muriy javobgarlik belgilanadi;
- davlat xizmatçilari yoki hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoki davlat organlarida taşkiliy-boşqaruv yoxud ma'muriy-xöjalik funksiyalarni bajaradigan Özbekiston fuqarolari tomonidan çet davlat fuqaroligini olgani haqida belgilangan muddatda xabar bermagani uçun javobgarlik belgilanadi.
Ma'lumot uçun, 2020 yil 13 martda qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunning 12-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining çet davlat fuqaroligiga mansubligi Özbekistonda tan olinmaydi.







