Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligining ma'lum qilişiça, Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 191-moddasi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar) şuningdek, Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş)ga binoan bu turdagi faoliyat hali ham noqonuniy hisoblanadi. Şu bilan birga «Reklama töğrisida»gi Qonunning 6-moddasiga köra reklamada işlab çiqarilişi yoki realizatsiya qilinişi qonunçilik bilan taqiqlangan mahsulot töğrisidagi axborotni, jumladan, totalizator va bukmekerlik idoralari haqidagi ma'lumotlarni tarqatiş taqiqlanadi.

Bundan taşqari, muntazam ravişda agentlik xodimlari tomonidan internet tarmoqlarida joylaştirilayotgan reklama ma'lumotlarining qonunçilik talablariga muvofiqligi örganib borilayotgani ma'lum qilindi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 aprel kuni Andijon viloyatida bukmekerlik idoralari oçiqça faoliyat yuritayotgani, köçada reklamalari joylaştirilgani haqida xabar berilgandi.

Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi Andijondagi şahar va tumanlar hududlarida doimiy olib borilayotgan kuzatuvlar davomida qonun hujjatlariga zid ravişda joylaştirilayotgan taşqi reklamalar, şu jumladan 1XBET bukmekerlik kompaniyasi qimor öyinlari reklamalari bartaraf etilayotganini bildirgan.