30 noyabr kuni “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molçilari huquqlarini himoya qiliş va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişni kuçaytiriş çoralari töğrisida”gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga köra, mablağlarni oluvçi tomonidan qimor öyinlari taşkil etiş va ötkaziş faoliyati hamda kapital harakati operatsiyalari amalga oşirilayotgani töğrisidagi tölov tizimining operatsiya kodi yoki boşqa identifikatorlar belgilanmagani haqida ma’lumotlar mavjud bölganda, tijorat banklarining bank kartasi yordamida Özbekistondan taşqarida joylaşgan mablağ qabul qiluvçiga transçegaraviy ötkaziş taqiqlanadi.
Qonunga xilof ravişda qimor öyinlarida qatnaşiş hamda kapital harakati operatsiyalarini amalga oşiriş imkonini beruvçi saytlar Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborot mavjud bölgan internet tarmoği reyestriga kiritiladi. Bu reyestrga kiritiş uçun qimor saytlari röyxatini Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga taqdim etadi.
Özbekistonda onlayn qimor öyinlari taqiqlangan
Amaldagi qonun hujjatlariga köra, Özbekistonda qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlarni taşkil etiş va reklama qiliş ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab böladi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi 176-sonli qaroriga asosan, 2007 yil 1 sentabrdan boşlab Özbekiston hududida qimor öyinlarini va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni (şu jumladan totalizatorlar) taşkil etiş va ötkaziş taqiqlangan.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 191-moddasiga köra, Özbekiston hududida qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş, ötkaziş uçun xizmat körsatiş yoki uni tarqatiş – bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solinişiga sabab böladi.
Bundan taşqari, “Reklama töğrisida”gi qonunning 46-moddasiga köra, Özbekiston hududida qimor va tavakkalçilikka asoslangan öyinlar, şuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda taşkil etiladigan qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar reklamasi taqiqlangan.












