Raqobat qömitasining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tomonidan ötkazilgan örganişlari davomida “Hamkor reklama servis” MÇJ tomonidan Toşkent şahrining Yunusobod va Mirzo Uluğbek tumanlarida taşqi reklama konstruksiyalari orqali bukmekerlik “1XBET” reklama tovar belgisi körsatilgan holatlar aniqlandi.
Qömita matbuot xizmatining xabar berişiça, holat böyiça “Hamkor reklama servis” MÇJga nisbatan iş qözğatilib, qömita vakolatlari doirasida qonunçilikda belgilangan tartibning maksimal miqdorida moliyaviy jarima qöllangan.
Şuningdek, töplangan hujjatlar javobgarlik masalalarini körib çiqiş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.
“Reklama töğrisida”gi qonunning 46-moddasiga muvofiq, qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni reklama qiliş taqiqlangan.
Qonunning 47-moddasiga binoan, reklama qilinişi qonunçilikda taqiqlangan mahsulot töğrisida reklama tarqatiş 100 BHM (34 mln söm) jarimaga sabab böladi.
Avvalroq, Raqobat qömitasi reklama qonunçiligi yuzasidan telekanallarga körsatma xati yuborgani xabar qilingandi.

















