Bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani tarğib qiluvçi veb-saytlarga kirişni çeklaş (bloklaş) çoralari körilmoqda, deb xabar berdi Raqobat qömitasi.

Qayd qilinişiça, reklamaga oid qonunbuzilişlarga nisbatan tezkor çoralar köriş maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlik yölga qöyilgan.

Xususan, amalga oşirilgan işlar natijasida bukmekerlik xizmatlarni tarğib qiluvçi 42 ta veb-saytni bloklaş böyiça taklif AOKAga kiritilgan bölib, şundan 30 ga yaqin sayt belgilangan tartibda bloklangan.

Xabarda bloklangan saytlarning röyxati keltirilmagan. Şu bilan birga ba’zi saytlar nega bloklanmasdan qolgani ham ma’lum qilinmagan.

Ta’kidlanişiça, qömita tomonidan bu yönalişdagi monitoring işlari davom ettirilmoqda.

«Reklama töğrisida»gi qonunning 46-moddasida qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar, şu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, şuningdek internet jahon axborot tarmoğidan foydalangan holda taşkil etiladigan qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlar reklamasiga yöl qöyilmasligi belgilangan.