Toşkent viloyat prokuraturasi 16 fevral voqealari sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan sobiq bojxonaçilar işi böyiça, oradan 22 yil ötib çiqarilgan oqlov hukmini bekor qilişni sörab, Oliy sudga protest kiritdi.
Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, kassatsiya protesti viloyat prokuraturasi tomonidan 2021 yil 27 avgust kuni kiritilgan (protest nusxasi tahririyatda mavjud). Protestda 1999 yil 16 fevral kuni terrorçilar tomonidan Toşkent şahrida sodir etilgan portlaşlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 nafar şaxs (sobiq bojxonaçilar)ga nisbatan Toşkent viloyat sudining apellyatsiya hay'ati tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni çiqarilgan oqlov hukmini bekor qiliş hamda Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi hukmini öz kuçida qoldiriş söralgan.
Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi tasdiqlaşiça, Oliy sud protestga asosan işni kassatsiya tartibida körişni 30 sentyabr kuni boşlaydi.
Avvalroq, 16 fevral voqealari böyiça Jinoyat kodeksining 208-moddasi böyiça aybdor deb hukm qilingan 5 nafar sobiq bojxonaçilar oradan 22 yil ötib (2021 yil 24 iyul kuni) oqlangani xabar berilgandi.

Ma'lumot uçun, sobiq bojxonaçilar Yolqin Kamolov, Muhammadzohir Xöjayev, Ibrohim Yunusov, Baxtiyor Begmatov va Iskandar Böriyev 1999 yil 16 fevral kuni «Ğişt köprik» bojxona maskani orqali terrorçi hisoblangan N.Yuldaşev, Z.Xasanov va boşqalarni ötkazib yuborganlikda ayblanib, JKning 208-moddasi bilan ayblangan. JIB Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi hukmi bilan ularning har biriga 3 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Oradan 22 yil ötib, Toşkent viloyat sudi terrorçi hisoblangan N.Yuldaşev va Z.Xasanov davlat çegarasini aynan bojxona maskani orqali kesib ötganini tasdiqlovçi dalillar mavjud emas degan xulosaga kelib, sobiq bojxonaçilarni JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan reabilitatsiya qildi va jinoyat işining ularga oid qismi harakatdan tugatdi.
Kun.uz sud jarayonlarini yoritib boradi.







