Gulnoza hozir Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetining 3-bosqiçida tahsil oladi. U Amerika grantiga qanday loyiq körilgani va tarjimaşunoslik yönalişidagi rejalari haqida gapirib berdi.
“Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida öqiyapman. Ingliz tiliga yoşligimdan qiziqqanman. Maktab paytlaridanoq ingliz tilidagi ertaklarni özbek tiliga tarjima qilib yurardim. Şu qiziqişlarim meni bu oliygohga yetakladi.
Özim turli loyihalar ustida işlaşga juda qiziqaman. 2021 yil bahorida Eronda yoşlar örtasida loyihalar tanlovi bölgan. Bu – Eron va Özbekistonning döstlik-birodarlik munosabatlarini rivojlantiriş dasturi edi. Unda qatnaşib, Eron va Özbekiston yoşlari fikr almaşinuv loyihasini işlab çiqqanman. Va bu loyiham 100dan ortiq davlatlar içidan qabul qilingan”, – deydi u.

Şu yilning may oyida AQŞ elçixonasi grant loyihalar tanlovini e'lon qilgan. Unda respublika böyiça 100ga yaqin universitet, turli NNTlar iştirokçilari ingliz tiliga doir loyihalari bilan qatnaşgan. Har bir iştirokçi öz loyihalarini taqdim etişi, şu loyiha asosida işlay olişini va uni takomillaştiriş usullarini körsatişi kerak bölgan. Ular orasidan Gulnozaning ingliz tili öqituvçilari uçun möljallangan veb-sayt loyihasi ğolib deb topildi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Gulnoza loyihasining ahamiyatini şunday izohlaydi: “Özbekistonda har yili juda köplab ingliz tili mutaxassislari yetişib çiqadi. Ammo ular va işga oluvçi örtasida aloqa yöq. Men tayyorlayotgan veb-saytda istalgan bir ingliz tili mutaxassisi qayerda öqigani, qanday tajribasi borligi, yoşi, tilni qaysi darajada bilişi haqida ma'lumot joylanadi.
Mutaxassislar özlarining CV'larini saytga joylaydilar. Istalgan bir ingliz tili mutaxassisini qidirayotgan kişi bemalol saytga kirib, öziga kerakli odamni topa oladi”.
Gulnoza u tayyorlayotgan platformada CV yozişni ham örganiş mumkinligini qöşimça qildi. U CV yozişda qiyinçilikka uçraydiganlardan öz maslahatini ayamoqçi emas.
“Saytimizda birinçi navbatda CV'ni qanday yozsa, muvaffaqiyatli bölişi haqida videorolik joylaymiz. Bundan keng jamoatçilik ham foydalanişi mumkin. CV yozayotgan odam unda özining ingliz tilida söz boyligini namoyiş etsa, orttirgan tajribasi, şu paytgaça erişgan yutuqlarini yozsa, bu – nomzod yutuğini belgilab beradi. Iş beruvçi CV'dan sizning salohiyatingizni ham bilib olişi kerak”, – deya tuşuntiradi Gulnoza.









