– Janob Parsons, Özbekistonga birinçi marta keldingiz, taassurotlaringiz qanday?

– Juda yaxşi. Özbekistonni paralimpiya öyinlaridagi muvaffaqiyatli iştiroki orqali bilardim. Bu davlat qanday qilib bunday muvaffaqiyatga erişayotgani, mamlakatda paralimpiya harakati qanday rivojlanayotganini biliş uçun bu yerga kelişim va millatning tarixi bilan tanişişim foydali böldi.

– Oxirgi ikki paralimpiya öyinlarida Özbekiston muvaffaqiyatli qatnaşdi. Qaysi işlar töğri qilinyaptiki, natijalar bu qadar yaxşi deb öylaysiz?

– Bu borada ikki asosiy omil bor: hukumat qöllab-quvvatlovi hamda milliy paralimpiya qömitasining harakati. Özbekistonda bu ikki omil bir-birini töldira olyapti. Hukumat kerakli şaroitlarni qilib bergan va milliy paralimpiya qömitasi qaysi harakat yönalişi töğri ekanini biladi. Asosiysi tizim bor va atletlarni aniqlaş böyiça yaxşi işlaşmoqda. Özbekiston paralimpiya harakati töğri yölda ekani Tokioda köplab medallar qölga kiritilişi orqali körindi. Rivojlantiriş kerak bölgan narsalar ham bor. Masalan, köproq sport turlari bilan şuğullanişni yölga qöyiş kerak.

– Belarus, Ukraina, Özbekiston kabi MDH davlatlari oddiy olimpiada öyinlariga qaraganda paralimpiya öyinlarida muvaffaqiyatliroq iştirok etadi. Heç öylab körganmisiz, nega şunday?

– Bu borada aniq farqni aytiş qiyin, lekin yuqorida aytganimdek barçasi hukumatning e'tibori va milliy paralimpiya harakatiga boğliq. Har qança ğalati bölmasin, paralimpiya harakati oddiy sportdan özgaça rivojlaniş yönalişiga ega bölişi, boşqaça darajada rivojlanişi mumkin. Şuningdek, aholining alohida qatlamiga jiddiy e'tibor qaratiş orqali ham muvaffaqiyatga erişiş imkoni bor.

Sobiq ittifoq davlatlari orasida Özbekiston yetakçilardan biri. Şuningdek, Ozarboyjon ham yaxşi. Masalan, Ukrainada paralimpiyaçilar uçun bir neçta maxsus şuğullaniş markazlari taşkil etilgan va bu muvaffaqiyat omili bölib xizmat qilmoqda.

– Xalqaro paralimpiya qömitasining Özbekistonda qandaydir rejalari bormi?

– Bu borada qator muzokaralarda qatnaşdik. Özbekistonga paralimpiya harakatini rivojlantiriş uçun turli xil rejalar orqali yordam berişimiz mumkin. Şuningdek, yirik musobaqalarni Özbekistonga beriş orqali ham mamlakatdagi paralimpiya harakatini qöllaşimiz mumkin. Katta musobaqalar mezbonligi mamlakatdagi paralimpiya infratuzilmasiga ijoyib ta'sir qiladi.