Jahon | 14:34 / 06.10.2021
5307
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada gaz narxi oshishi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Noyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1969,2 dollarga teng bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Yevropada ming kub metr gazning birja narxi 1900 dollardan oshdi va yangi rekord qayd etildi.

Londondagi ICE birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, noyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1969,2 dollarga teng bo‘ldi.

Bir necha soat avval gaz narxi 1594 dollarni tashkil etgandi.

4 oktyabr kungi savdolarda Yevropada gaz narxi oshishi bo‘yicha yangi rekord qayd etilgan, ICE birjasidagi savdolar chog‘ida noyabr fyuchersi uchun Niderlandiyaning TTF habidagi ming kub metr gaz narxi 1200,36 dollarga teng bo‘lgandi.

Yevropada bahordan buyon gaz narxi to‘rt marta oshdi. Bunga Yevropadagi yerosti omborlarida gaz zaxirasining ozligi sabab bo‘ldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid