Qayd etilişiça, joriy yilning yanvar oyidan to bugungi kungaça Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar şifoxonasida 360 nafar çaqaloq dunyoga kelgan.

“Ayni paytda bu yerda tuğilib, muolaja olayotgan 17 nafaridan taşqari, qolganlarining hammasi öz xonadonlarida soğlom ulğayişmoqda. Şuningdek, bu yerda davolangan 2379 ayolning xastalikdan töliq xalos bölib oilasi bağriga soğ-omon qaytgani quvonarli holat aslida”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Bölim mudiri Bahodir Allayarovning ma'lum qilişiça, şifoxonaning homiladorlar patologiyasi bölimi 80 öringa möljallangan bölib, koronavirus infeksiyasiga çalingan homilador bemorlarning tuzaliş muddati örtaça 10-12 kunni taşkil etadi. Homiladorlikda COVID-19ga çaliniş onada qon quyuqlaşişi jarayonini yanada kuçaytirib yuborişi bilan xavfli hisoblanadi.

“Ammo jonlantiriş bölimida öta oğir ahvoldagi opa-singillarimiz ham bor. Masalan, farğonalik A.Sodiqova homiladorlikning katta muddatida kasalxonaga 70 foiz öpka zararlanişi bilan yotqizilgan. Bu orada bemorning qil ustida turgan hayotini saqlab qoliş uçun homilasini olib taşlaşga töğri kelgan. Davomli muolajalardan söng ayni kunda uning ahvoli örta oğir darajada.

Toşkent viloyatilik D.Örinboyeva ham şunday qismat egasi. Öpkasi 90 foiz zararlangan bemor homilasidan ayrilganidan taşqari, tomoğiga joylangan nayça orqali nafas olişga majbur”, – dedi bölim boşliği.

Ta'kidlanişiça, bunday bemorlar öz vaqtida karantin qoidalariga yetarliça e'tibor qilişmagan va vaksina olgaç farzand köriş rejalaştirilmagan. Şifoxona direktori örinbosari Hilola Alimova homiladorlikni rejalaştirişdan 3 oy avval koronavirusga qarşi emlaniş zarurligini ta'kidladi.

“Homilador ayollar içida ham koronavirusga çaliniş holatlari kam emas, aksariyati xastalikni pnevmoniya bilan, ba'zilari reanimatsion holatda ötkazyapti. COVID-19ga çalingan ayollarda köpinça muddatdan oldin tuğdiriş amaliyotini bajarişga töğri keladi. Çunki onaning ham, bolaning ham hayotini saqlab qolişga harakat qilyapmiz. Şu bois turmuş qurişdan, homiladorlikni rejalaştirişdan avval vaksina oliş eng töğri yöl deb hisoblaymiz. Emlangaç esa uç oydan söng homilador böliş mumkin. Bu onalar va bolalar soğligi xafv ostida qolmasligi uçun asos böladi”, – dedi direktor örinbosari.

Eslatib ötamiz, 7 oktyabrda Zangiota 1-son va 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonalarida faqat Toşkent şahri va viloyatidan 1 ming 600 nafar bemor bolalar davolanayotgani haqida xabar