Köp holatlarda tezlik me'yoridan oşirib yuborilişi oqibatida bir neça avtomobillar iştirokida dahşatli yöl-transport hodisalari röy beryapti. 2021 yil yanvar-iyun oylarida sodir bölgan YTHlar 954 kişining umriga zomin bölgan.

Içki işlar vazirligining sönggi ma'lumotlariga köra, respublikada joriy yil 9 oyida 6 551ta yöl transport hodisasi sodir bölgan, ulardan 1 682tasi ölim bilan tugagan. Jarohat olganlar soni 5 920 kişini taşkil etgan. Hodisalarning aksariyatiga tezlikni me'yoridan oşiriş sabab bölgan.

Kun.uz yöl harakati qoidalaridagi muammolar, yöl harakati xavfsizligini ta'minlaşdagi kamçiliklar haqida Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik qömitasi Ekspertlar kengaşi a'zosi Nosirjon Zokirov bilan suhbatlaşdi.

Quyida suhbatdan asosiy iqtiboslar keltirib ötiladi.

“Yöl harakati qoidalarini örgatişni maktabdan boşlaş kerak”

— Bolalar iştirokidagi yöl-transport hodisalarining asosiy sabablaridan biri – bolalarga yöl harakati qoidalarini örgatmaslikdir. Ilgari har bir sinf uçun yöl harakati qoidalarini örgatiş uçun 17 soat dars belgilangan edi. 2008 yili “Yöl harakati qoidalari” fanidan dars beruvçi öqituvçilar respublika tanlovida hakamlar hay'ati a'zosi bölganim yodimda. Ammo, keyinçalik, nima uçundir, bu darslar olib taşlandi.

Men uşbu fanni tiklaş böyiça neça yillardan buyon mutasaddi idoralarga murojaat qilib kelyapman, biroq takliflarim “qumga singan suv”dek yöq bölib ketmoqda.

“Tarbiyaviy soat doirasida yöl harakati qoidalarini örgatib bölmaydi”

— Xalq ta'limi vazirligi faqat birinçi sinflar uçun tarbiyaviy soatlar tarkibida yöl harakati qoidalari örgatilişini aytib keladi. Lekin, birinçi sinf doirasida emas, tizimli ravişda, yoşga moslaşgan holda taşkil etilişi kerak. Qolaversa, öqituvçining özi yöl harakati qoidalarini bilmasa, unda dastur yoki öquv rejasi bölmasa, u qanday qilib bolalarga bu qoidalarni örgatişi mumkin?

Bunday ta'limda eng yomoni, öqituvçi bolalarga piyodalar ötiş joyidan bemalol ötaverişini, transport vositalari ularga yöl berişini singdirib qöyişidir. Biz, yölda harakatlaniş madaniyatini, öz hayotini avvalo özi asrab qola olişini ularga singdirib borişimiz zarur.