Turkiyada olti nafar xorij fuqarosi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi, deb xabar berdi Haberturk telekanali.
Telekanalning ma'lumot berishicha, ularni qo‘lga olish operatsiyasi Antaliya va Istanbulda o‘tkazilgan.
Gumonlanuvchilardan uchta to‘pponcha va patronlar musodara qilingan.
Istanbul terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi va milliy razvedka tashkiloti ish bo‘yicha surishtiruv boshlagan.











