“Viloyatda tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oşiriş maqsadida, Buxoro şahrida ilmni amaliyot bilan birga olib boradigan “tibbiyot şaharçasi” taşkil etiladi.
Bunda viloyatning 10 ta tibbiyot muassasasi bilan birga, Buxoro tibbiyot institutining eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan klinikasi barpo etiladi. Bu yerda neyroxirurgiya, onkologiya va kardioxirurgiya yönalişlarida maxsus bölimlar oçiladi hamda mutaxassislar tayyorlaş yölga qöyiladi.
Homilador ayollar va çaqaloqlarga yuqori texnologik tibbiy yordam körsatiş uçun esa Ğijduvon, Romitan, va Qorakölda perinatal markazlari faoliyati yölga qöyiladi.
Birlamçi böğinda 40 yoşdan oşgan 500 mingdan ziyod aholi diabet, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar böyiça manzilli tibbiy köriklardan ötkaziladi.
Kelgusi beş yilda yana 14 ta oilaviy şifokorlik punkti va 6 ta oilaviy poliklinika taşkil etiladi, 100 ta tibbiyot muassasasi töliq ta'mirlanadi”, dedi prezidentlikka nomzod.







