«Kalmar öyini» – dunyo nigohini ekranga «mixlab» qöygan serial tahlili
|23:46 / 12.10.202153 87711 min
Netflix tomonidan namoyiş etilgan va dunyo miqyosida katta qiziqiş uyğotgan «Squid Game» nomli yangi serial sönggi kunlarda internet tarmoğida eng köp qidirilgan mavzulardan biriga aylandi. Ayni paytda esa mazkur kartina sud da'volari bilan kun tartibida turibdi.
Kinoşunos Otabek Tillayev muallifligidagi «Article» loyihasining navbatdagi maqolasi uşbu serial va uning tahliliga bağişlanadi.
Foto: Netflix
Serial mavzusi
«Squid Game» – raqamli translatsiya platformasi hisoblangan Netflix mahsulotidir. Janubiy Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan mazkur serialda hayotda omon qoliş uçun kuraş mavzusi drama, sarguzaşt, ekşn, distopiya va fantastik realiti-şou ruhida aks ettiriladi.
«Squid Game» inglizça squid (kalmar – ön oyoqli mollyuskalarning kenja turkumi – tahr.) va game – öyin sözidan olingan bölib, serialni özbekçada «Kalmar öyini» deb ataş mumkin. «Kalmar öyini», asli, Janubiy Koreya bolalar öyinining nomidir. Şafqatsizlik «doza»si unçalik past bölmagan bu öyin özida raqobat tuşunçasini mujassam etadi.
Diqqat, materialda serial bilan boğliq spoyler mavjud.
Serialning asosiy syujyet çiziği moddiy qiyinçiliklar içida qolgan yuzlab insonlarning bir öyinda iştirok etiş uçun taklifnoma olişi bilan boşlanadi. Ğolib esa 40 million dollarlik mukofotni qölga kiritişi mumkin. Ammo bu öyinning har bir lahzasida ölim xavfi mavjud – raqiblardan bolalar öyinining qonli versiyasini öynaşlari, omon qoliş uçun esa qöllarini qonga belaşlari, döstlariga xiyonat qilişlari talab etiladi. Ya'ni hayot maşaqqatlaridan zada bölgan, örtaga tikilgan katta mukofot ilinjida öyinga qöşilgan iştirokçilar tirik qoliş uçun har qanday işni bajariş majburiyati ostida. Tabiiyki, bir muddat omon qolişning uddasidan çiqqan öyinçilar keyingi bosqiçga ötar ekan, ular orasidagi guruhlaşuv ham, qutblaşuv ham, ölim tahlikasining kölami ham tobora ortib boradi.
Mavzuga oid
Foto: Netflix
Hissiyot bilan «öynaşuvçi» musobaqa
Aslida, noçor va iloj-imkonsiz qolgan odamlarning arena – jang maydonida sönggi nafasgaça kuraşiş konsepsiyasi antik Rim kabi qadimiydir. Oradan ikki ming yil ötganiga qaramay, hayot va mamot kuraşiga asoslangan voqealar hali-hanuz keng tomoşabinlar ommasini hayajonga solib kelmoqda.
Mazkur motiv badiiy adabiyotga ham yot emas. Yozuvçi Stiven Kingning 1985 yilda naşr etilgan «The Running Man» («Yugurayotgan odam») asari ham buning yaqqol misolidir. Omon qoliş uçun yuguriş şart bölgan musobaqa formati, albatta, King tematikasi va uning qörqinçli tuşlariga juda mos edi. Ammo bu format Stiven Kingdan oldin ham, keyin ham köp bor işlatilgan. Buning eng sönggi misollaridan biri Syuzanna Kollinzning «Oçlik öyinlari» turkumidir. Agar masalaga mana şu ramkadan qaraladigan bölsa, 2021 yil tomoşabinlari bu turdagi badiiy va kinoasarlardan odatdagidan köra köproq narsani kutişlari tabiiy edi.
Ta'kidlaş joizki, «Kalmar öyini» ijodkorlari inson psixologiyasining öta nozik nuqtalarini işga solişadi – ular asosan tomoşabinning hissiyotlari bilan öynaşiş yölidan borişadi. Tabiiyki, qonli sahnalarning birinçi zarbasi ötib ketgaç, öyinni tomoşa qiliş va undan kim çiqib ketişi (ölişi), kim esa davom etişini (tirik qolişi) taxmin qilişning özi qiziq bir öyinga aylanadi.
Klişelar dengizi
«Kalmar öyini» – zöravonlik sahnalarida qonni körsatişdan tortinmaydigan, vaqti-vaqti bilan buni öziga xos qaramlikka aylantirgan serialdir. Hikoya qiliş uslubi, syujyet borasida jiddiy kamçiliklar bor. Ammo bu nuqsonlar uning qiziqarliligi soyasida qolib ketadi. Boşqaça aytganda, qiziqarlilikning yuqori darajasi serialni şou dasturiga aylantirib yuboradi. Voqealar rivoji şu qadar hayajonli va tarangki, agar aqlni «ta'til»ga jönatiş va 8 soatlik vaqtni heç narsa haqida öylamasdan ötkaziş kerak bölsa, kartina buning uçun ajoyib imkoniyat. Ammo biroz tafakkur qila boşlaşingiz bilan «Kalmar öyini» tomoşabin uçun qançalik oğir ekani, tomoşabinni qançalik holdan toydirişi mumkinligini anglaysiz.
Albatta, bu turdagi seriallar «mato»siga biroz falsafa suqilsa, unga klişe tamğasi urilişi muqarrar. Şunga öxşaş holat Netflix’da porlagan La Casa de Papel’da ham kuzatilgan. Ssenariynavislar «odamlar pul uçun nimalar qilişi mumkinligi»ni tasvirlab berar ekan, çiqarilişi kerak bölgan saboqni öta didaktik tarzda qayta-qayta takrorlaşadi. Albatta, bu «takrorlar», «yetkazilmoqçi bölgan xabarning tagiga çizib qöyiş» holatlari mahsulotni keng ommaga tarqatişning eng oson usullaridan biridir. Ammo unutmaslik kerakki, haddan ortiq köp işlatilgan bu kabi fleşbeklar kinoasarning sifatiga jiddiy putur yetkazadi. Ammo, aftidan, ijodiy guruh ongli ravişda tomoşabin mahsulotni tez va öylamay iste'mol qilişi kerak, degan fikr asosida iş olib borganday.
Foto: Netflix
Hikoya içida hikoya uslubi
«Kalmar öyini» hikoya içida hikoya yaratiş uslubi bilan tomoşabin diqqatini tortadi. Öz akasini qidirayotgan politsiya xodimining taşkilotga «sizib» kirişi natijasida parda ortidagi yaşirin sirlar asta-sekin foş böla boşlaydi. Ayni paytda, taşkilotning quyi poğonasidagi xodimlar musobaqa davomida öldirilgan iştirokçilarning tana a'zolarini kesib olib, ğavvoslar orqali inson organlari bilan şuğullanuvçi mafiyaga sotişganiga guvoh bölamiz. Ammo bu hikoya çala qoladi va u heç bir xulosa bilan boğlanmaydi. Bu esa politsiya obrazi ba'zi bölimlarga atayin tomoşabinni çalğitiş uçun kiritilgan degan taassurotni beradi. Şunday qilib, aslida, voqealar rivojini çuqurlaştirişi kerak bölgan epizodik hikoyalar qoniqarli va mantiqli yakundan mahrum qilinadi. Çexov ta'biri bilan aytganda, öyin boşida devorga osilgan quroldan öyin oxirigaça öq otilmaydi.
Musiqadan foydalaniş nuqtayi nazaridan ham serial stereotiplardan qoçib qutula olmagan. Kontrast priyomini qöllaş – klassik musiqalarning tinçlantiruvçi ta'siri bilan taranglikni kuçaytiruvçi musiqalarni zid qöyiş – kinolaboratoriyada keng qöllanuvçi eski usullardan biridir.
Foto: Netflix
Ijtimoiy tabaqalaşuv va yorqin kostyumlar
Kartina Janubiy Koreyadagi ijtimoiy tabaqalaşuv va qaşşoqlik muammosini ayovsiz tarzda körsatib beradi. Bu narsa qahramonlarning bir-biridan keskin farq qiluvçi yorqin kostyumlarida ham yaqqol közga taşlanadi. Yuzga tuşirilgan törtburçak şakli boşqaruvçilarni, doira şakli işçilarni, uçburçak şakli esa askarlarni ifoda etadi. Ammo bu oddiy guruhlaş tizimiday taassurot uyğotuvçi ramzlar, aslida, juda köp narsani öz içiga olişi mumkin bölgan majozlardan biridir.
Yerga kömilgan mantiq
«Kalmar öyini» – har bir sahnasi tahlil qilişga arziydigan va özining çuqur ma'nolari bilan tomoşabinlarning intellektual darajasini östirişga hissa qöşişni maqsad qilgan kinomahsulot emas. Uning maqsadi – «vaqtni maroqli ötkaziş».
Ammo e'tirof etiş lozimki, ijodkorlar öz qöllaridagi yaşirin karta bilan tomoşabinni serialning oxirigaça «uşlab» turişning uddasidan çiqişgan. Ammo baribir garçi biz aqlimizni «ta'til»ga jönatib yuborgan bölsak-da, yerga kömilgan mantiq tuproq ostidan sado beraveradi. Çunonçi, musobaqa davomida bir-biri bilan ança «qalin» bölib qolgan iştirokçilarning mukofotni «birga» qölga kiritiş va bu dözaxdan «birga» qutulişga bölgan qat'iy işonçi. Qiziği şundaki, bu işonç ular atigi uç kişi qolganda ham yöqolmaydi. Holbuki, öyin formati «raqibni öldiriş» yoki ularning «ölimiga köz yumiş»ga asoslangandi. Qahramonlar finalgaça mana şu umidni qanday saqlab qolganlariga işonçli javob berilmagani uçun bu savol havoda osiğligiça qolib ketadi.
Foto: Netflix
Xarakterga aylana olmagap «tip»lar
Gi-Xun finalning birinçi çoragida ğolib çiqib, musobaqani tark etadi. Qolgan 30 daqiqada esa biz ssenariy mualliflarining talvasa içra hikoyaga nuqta qöyiş yoki ikkinçi mavsum uçun vergul qöyiş harakatlariga guvoh bölamiz. Gi-Xun metroda uni öyinga taklif qilgan odamni uçratib qoladi. U öyin davom etayotganini anglaydi va taşkilotni qulatiş payiga tuşadi. Şu tariqa serialning yangi mavsumiga işora qilinadi.
Suvga yozilgan narsadan boşqa heç nimani tomoşabinga va'da qilmaydigan uşbu serial tahlilida aktyorlar mahorati haqida fikr bildirişdan tiyildik. Çunki serialda aktyorlik mahoratini namoyiş qiladigan darajadagi çuqurlik yöq. Afsuski, barça xarakterlar «tip» bölişdan nariga ötolmaydi. Şuning uçun ham ular öz salohiyatini namoyiş etiş imkoniyatiga ega emas. Yomon odamning yomon ekani «boylik» bilan, yaxşining «yaxşi» ekani esa «fazilat» bilan izohlanadi. Oqibatda, na falsafiy, na intellektual bir asos örtaga qöyiladi.
Xulosa örnida
E'tirof etiş kerakki, Janubiy Koreya kinomahsulotlari öziga xos uslub bilan butun dunyo tomoşabinlarini öziga jalb qilib keladi. Ammo amalda Hollivud saltanati hukm surgani uçun ham u hamişa «asosiy oqim» bölişdan yiroqda. Biroq keyingi yillarda hollivudça «qaraş» ham asta-sekin özgarişlarga yuz tutib bormoqda: 2020 yilda Bong Jun Xoning «Parazitlar» filmi «Eng yaxşi rejissyor» va «Eng yaxşi film» uçun atalgan Oskarni qölga kiritgani ham fikrimiz dalilidir.
Aytiş mumkinki, «Kalmar öyini» Janubiy Koreya kinosanoatini butun dunyo böylab ana şu «ona oqim»ga har doimgidan köra yaqinroq qildi, aniqroği, yaqin qiliş yölidagi juda katta masofani bosib ötdi. Netflix esa koreys madaniyatini eksport qilişda Ğarb tomon oçilgan asosiy eşiklardan biriga aylandi.