- «Tizimli özgarişlar sud hokimiyatida adolatni kafolatlaş tizimini yaratiş, tizimda «qon almaşinuvi» jarayonlarini tezlaştiriş hamda sohaga yangi avlod vakillarini jalb etiş orqali amalga oşiriladi;
- mustaqil tergov qömitasi taşkil etilib, heç kimga böysunmaydigan mustaqil organ faoliyati yölga qöyiladi. Tergovni xolis, haqqoniy, şaffof va halol olib boriş ta'minlanadi;
- jazoni ijro etiş muassasalari Içki işlar vazirligidan Adliya vazirligiga ötkaziladi. Jazoni ijro etiş muassasalarida jazoni ötab, ozodlikka çiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslaşişi uçun huquqiy asoslar kuçaytiriladi;
- advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi şakllantiriladi. Sohaga doir qonunçilik asoslari takomillaştiriladi. Moliyaviy imkoniyati çeklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini közda tutadigan yangi institut taşkil etiladi», – deyiladi Alişer Qodirov saylovoldi dasturida.
Alişer Qodirov mustaqil tergov qömitasi taşkil etiş va sud hokimiyatida «qon almaşinuvi» qilişga va'da berdi
01:59 / 13.10.20217 4181 min
Özbekiston prezidentligiga nomzod öz saylovoldi dasturida heç kimga böysunmaydigan mustaqil tergov qömitasi taşkil etiş va sud tizimida « qon almaşinuvi» qilişini ma'lum qildi.












