Biz bugun afsuski bolalarni begona tilda tarbiya körişga, boşlanğiç ta’lim olişga majbur qilyapmiz va buning oqibatida bolalardan maktabda kutgan bilimni, boğçada kutgan tarbiyani ololmayapmiz. Bu haqda «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alişer Qodirov Qonunçilik palatasida tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlarni himoya qiliş tizimini kuçaytiriş, şuningdek bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlaşga qaratilgan qonun loyihasini birinçi öqiş jarayonida aytib ötdi.

«Bola boğçada va boşlanğiç ta’limda öz ona tilida tarbiya körişi kerak va ilm olişning poydevorini boşlaşi kerak. Biz bugun afsuski bolalarni begona tilda tarbiya körişga, boşlanğiç ta’lim olişga majbur qilyapmiz va buning oqibatida bolalardan maktabda kutgan bilimni, boğçada kutgan tarbiyani ololmayapmiz... Negadir odamlar bu xatoni tan olişni xohlamayapti. Afsuski, bu pedagogikada isbotini topgan muammo. Va qonunda buning aks etişi judayam ma’qul, buni qöllab-quvvatlaymiz. Faqat bitta taklif. «Ta’lim töğrisida»gi qonunda ta’lim tilini tanlaş erkinligi belgilab qöyilgan. Buni maktabgaça ta’lim va boşlanğiç ta’limda har bir bolaning ustun manfaati sifatida öz ona tilida tarbiya körişi va boşlanğiç ta’lim oliş majburiyatini ta’kidlab qöyişimiz kerak. Bugun bola begona tilda tarbiya olişga majburlanyapti va tarbiya olmayapti. Begona tilda boşlanğiç ta’lim olişga majburlanyapti va boşlanğiç ta’lim olmayapti. Oqibatda bola tarbiyasiz va ta’limsiz bölib qolyapti», dedi Alişer Qodirov.

Uning sözlariga köra, qonun loyihasi taşabbuskorlari bunga e’tibor qaratişi kerak va «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi loyihani ikkinçi öqiş jarayonida uşbu tahrirni şakllantiriş va takomillaştirişga erişadi.