Oliy Majlis Senatining 2021 yil 8 oktyabrdagi tegişli qaroriga muvofiq Mansur Qiliçev Özbekistonning Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi.
M.Qiliçev diplomatiya sohasida 2002 yildan buyon işlaydi. Vazirlik markaziy apparati va Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida işlagan.
2012-2013 yillarda Özbekistonning Saudiya Arabistoni podşohligidagi elçixonasi birinçi kotibi. 2013-2019 yillarda Özbekistonning Dubay şahridagi (BAA) boş konsuli bölgan.
2019-2020 Özbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlar böyiça axborot tahliliy markazi direktori örinbosari – yiğma tahliliy bölim boşliği. 2020 yildan elçi lavozimiga tayinlangunga qadar Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti direktori örinbosari sifatida işlagan.








