Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida «Spark» yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketdi
Joriy yilning 12 oktabr kuni soat 18:30larda Qamchiq dovonining 240-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l tagidan suv o‘tkazuvchi inshootga tushib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari, yo‘l-patrul xizmati va tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelishgan.
Qutqaruvchilar tomonidan maxsus asbob-anjomlar yordamida avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi chiqarib olinib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Shundan so‘ng maxsus avtokran yordamida suv o‘tkazuvchi inshootdan avtomashina chiqarib olindi.
“Qutqaruvchilarning tezkorlik bilan amalga oshirgan harakatlari natijasida ikki inson hayoti saqlab qolindi. Hozirda shifokorlar tomonidan yengil tan jarohati olgan ikkala fuqaroga ham uyiga javob berilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan dovon orqali harakatlanganda barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026