Xitoy janubi-ğarbidagi Siçuan provinsiyasida joylaşgan Şuanszyankou gidroelektrostansiyasida birinçi bosqiçdagi barça uçta gidroagregat foydalanişga topşirildi.

Dadu daryosida barpo etilgan mazkur GES Xitoyning yirik milliy energetika loyihalaridan biri hisoblanadi. Stansiyadagi töğon balandligi 315 metrga yetadi va manbada u dunyodagi eng baland töğon sifatida qayd etilgan.

Şuanszyankou GESning umumiy örnatilgan quvvati 2 million kilovatt, yaʼni 2 GVtni taşkil etadi. Loyiha böyiça stansiyada har birining quvvati 500 ming kilovattdan bölgan radial-öqli turbinalarga ega törtta gidroagregat işlaşi közda tutilgan.

GES suv omborining hajmi esa 2,9 milliard kubometrga yetadi.

Şuanszyankou GESda birinçi gidroagregat iyun oyida işga tuşirilgan. Şundan söng mutaxassislar yana ikkita agregatni bosqiçma-bosqiç foydalanişga topşirdi.

Natijada birinçi bosqiçda rejalaştirilgan uçta gidroagregat işlay boşladi.

Qöşimça quvvatlarning işga tuşirilişi yoz mavsumida elektr energiyasiga talab yuqori bölgan davrda Çendu-Çunsin iqtisodiy mintaqasida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini oşiriş imkonini bergan.

Manbaga köra, Şuanszyankou GES hozirga qadar jami qariyb 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqargan.

Bu Siçuan provinsiyasi hamda Çendu-Çunsin mintaqasini yozgi yuqori talab davrida elektr energiyasi bilan taʼminlaş imkoniyatlarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Şuanszyankou nafaqat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi obyekt, balki Dadu daryosining yuqori oqimidagi muhim tartibga soluvçi gidrotexnik inşoot ham hisoblanadi.

Stansiya bir vaqtning özida bir neçta vazifani bajaradi: elektr energiyasi işlab çiqaradi, suv resurslarini taqsimlaşda iştirok etadi va hududlarni suv toşqinlaridan himoya qilişga xizmat qiladi.

Loyiha töliq quvvatga çiqişi uçun stansiyadagi törtinçi gidroagregat ham işga tuşirilişi kerak.

Barça törtta agregat foydalanişga topşirilgandan keyin Şuanszyankou GES yiliga qariyb 7,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, mazkur GES suv oqimini tartibga solişi hisobiga daryoning quyi qismida joylaşgan kaskad gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini ham oşiriş imkoni paydo böladi.