Qarşi şahrida yangi qurilgan savdo markazlari oldida ösib turgan köp yillik qarağay daraxtlari kesib taşlangan. Bu haqda asosan ekologiya muammolarini yoritib keladigan ekologuz telegram kanalida xabar berilgan.
Kanal öz obunaçisi yuborgan ma'lumotlarga tayanib yozişiça, Qarşi şahar Nasaf köçasidagi yangi qurilayotgan va ta'mirlanayotgan bino oldidagi köp yillik qarağay daraxtlari Viloyat ekologiya inspeksiyasi xodimi X.Q. bilan doimiy Qarşi şahrida daraxt kesiş bilan şuğullanadigan O‘.Q. tomonidan kesib ketilgan.
«Axir qaçongaça qöppaygan binolar uçun yaşil daraxtlar qurbon böladi? Bu savolga faqat rasmiy javob beriladi yoki sukut saqlanadi. Axir u daraxtlar sizga ziyon bermagandi-ku? Insonning qalbi bu qadar zang bosmasligi lozim. Bir daraxtni kökartirişga bir insonning umri ketadi. Daraxtlarni kesayotganlar nazarimizda kislorod bilan nafas olmay, jazirama issiqda daraxt soyasida ötirişmaydi, şekilli. Mazkur huquqbuzarlik jazosiz qolmaydi, degan umiddamiz. Insof bersin, insof!», deydi kanal admini.
Kun.uz mazkur xabar yuzasidan Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi axborot xizmati rahbari Karima Yodgorovaga murojaat qildi. K.Yodgorova hozirda örganiş işlari olib borilayotganini, tez orada holat yuzasidan munosabat berilişini ma'lum qildi.












