Qarşi şahridagi Alişer Navoiy nomli istirohat boğida köp yillik daraxtlar tunda kesib ketilgan. Ma'lum bölişiça, ularni Qarşi şahri hokimining örinbosari nazoratida şahar obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari kesgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilişiça, 15 mart kuni tungi soat 23:00 lar atrofida Qarşi şahridagi Alişer Navoiy istirohat boği içidagi «Nuroniylar maskani»da şahar hokimligi huzuridagi obodonlaştiriş boşqarmasining bir guruh xodimlari uşbu hududdagi har xil turdagi va turli diametrdagi köp yillik daraxtlarni motoarra yordamida kesgan. Söng obodonlaştiriş boşqarmasiga tegişli bölgan TTZ-80 rusumli davlat raqami 727 GA 70 traktorining 700 DA 70 va 701 DA 70 tirkamalariga kesilgan daraxtlarni ortayotgani aniqlangan. Öşanda viloyat ekologiya boşqarmasi inspektorlari tomonidan holat yuzasidan huquqbuzarlarga tuşuntiriş işlari olib borilgan va qonuniy çora körilgunga qadar ulardan motoarralar olib qöyilgan.

Ma'lum bölişiça, tuşuntiriş işlari ta'sir qilmagan huquqbuzarlar – şahar hokimligi huzuridagi obodonlaştiriş boşqarmasining bir guruh xodimlari 22 mart kuni tungi soat 00:10 lar atrofida Qarşi şahridagi Alişer Navoiy istirohat boği içidagi «Nuroniylar maskani»da Qarşi şahar hokimi örinbosarining nazorati ostida uşbu hududdagi har xil turdagi va turli diametrdagi köp yillik daraxtlarning qolganini ham motoarra yordamida kesib bölaklayotgani aniqlangan.

Viloyat ekologiya boşqarmasi inspektorlari tomonidan yuqorida keltirilgan ikkala holat atrofliça örganilib, moratoriy davrida ham saqlab qolişni imkoni bölmagan 14 dona köp yillik daraxtlar diametrlari ölçanganda tabiatga va ösimlik dunyosiga 58 million 677 ming söm zarar yetkazilgani ma'lum bölgan.

Ta'kidlanişiça, viloyat ekologiya boşqarmasi inspektorlari tomonidan mazkur holatlar böyiça vakolat doirasida tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, istirohat boği içidagi daraxtlarni Qarşi şahar hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Ğayrat Sultonov kestirgan. Mazkur iş yuzasidan Ğayrat Sultonovdan izoh oliş uçun boğlanişning iloji bölmadi.