Florida ştatidagi Elgin aviabazasidan parvoz qilgan F-15E Strike Eagle qiruvçi-bombardimonçi samolyoti GBU-72 Advanced 5K Penetrator deb nomlangan beton buzuvçi yangi aviabombani sinovdan ötkazdi. Bu haqda The Defense Post xabar berdi.
Vazni 2,3 tonna bölgan aviabomba Şimoliy Koreya va Erondagi bunkerlar kabi yer ostida joylaşgan beton obektlarni yöq qilişga möljallangan.
Aviabomba 30 metrgaça yer ostiga kirişi yoki qalinligi 6 metrgaça bölgan betonni buzişi mumkin.
Uşbu boşqariluvçi aviabombani işlab çiqiş böyiça işlar 2017 yildan buyon olib borilayotgandi.
AQŞ qurolli kuçlari 2022 yildan mazkur aviabombani sotib olişni rejalaştirgan. 125ta bombadan iborat birinçi partiyaning narxi 36 mln dollarni taşkil etadi. AQŞ harbiy-havo kuçlari kamida 2 mingta ana şunday aviabombani sotib olişni möljallagan.







