Özbekiston hukumati iqtisodiy kompleksida yana özgarişlar röy berdi. 

Manbalarning xabarlariga köra, boş vazir örinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş kompleksi rahbari Rustam Azimov lavozimni tark etgan.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, uning örniga Özbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinçi örinbosari Jamşid Qöçqorov tayinlangan.

Rustam Azimov ötgan yilning dekabrida Moliya vaziri va boş vazirning birinçi örinbosarligidan ketgandi. Uning vazirlikdagi örnini Botir Xöjayev Asadillayeviç egallagan, «Özbekiston temir yöllari» AJ rahbari Oçilboy Ramatov Jumaniyozoviç esa boş vazirning birinçi örinbosariga aylangandi.

Rustam Azimov 1991-1998 yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boşqaruv raisi sifatida işlagan, 1998-2000 — Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri sifatida faoliyat körsatgan.

2000 yildan 2002 yilgaça u Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Moliya vaziri, 2000-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri bölib işlagan. 2003-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 2005-2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008 yil 22 noyabrdan 2016 yil dekabrigaça Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantiriş majmuasi rahbari. 2016 yil 15 dekabrdan Boş vazir örinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantiriş majmuasi rahbari.

Ayni vaqtda uning keyingi iş faoliyati haqida ma'lumot yöq.