Kerak bölmay qolgan divan yoki şkaf, işlatilmay turgan televizor yoki xolodilnik kimning uyida topilmaydi deysiz? Agar öylab qaralsa ulardan hali ança vaqt foydalansa böladi, lekin yangisini olganingiz yoki uyingizni remont qilganingiz sababli eski narsani uyga qöygingiz kelmaydi. Taşlab yuborişga esa uvol. Köpçiligimiz şunday holatda ularni yoki xujraga, yoki çerdakka yoki yertölaga joylab qöyamiz. Vaqt ötgan sayin ular çangib, eskirib özining xususiyatlarini yöqotişni boşlaydi va heç narsaga yaramaydigan matohga aylanadi.
Biz Sizga foydaliroq yeçimni taklif qilamiz!

Özbekistonda 18 million foydalanuvçisi bor Telegram ijtimoiy tarmoğida tarixda birinçi bor TezE’lon - E'lonlar Markazi işga tuşirildi. Uşbu loyiha Özbekistonning barça viloyatlarini qamrab olgan bölib, undan Özbekistonning xohlagan yeridan Telegram tarmoği orqali foydalaniş mumkin. Bu loyiha yordamida 60 dan ortiq yönalişlar orqali BePUL e'lonlar joylaşingiz mumkin. Avto, uy-joy, telefon, mebel, uy-hayvonlari, hatto ösimlik va köçatlargaça sotiş yoki sotib oliş mumkin.

TezE’lon'da e'lonlar töldiriş osonmi?
Siz e'lonlaringizni joylaşda qiynalmasligingiz uçun biz maxsus robot-programma işlab çiqdik. E'lon beriş tugmasini bossangiz, robotimiz sizga savol berişni boşlaydi. Savollarga javob yozib tursangiz bas, bir neça soniyada e'loningiz tayyor böladi. Agar sizda TezE’lon’dan foydalanişda biror savol tuğilsa, bizning operatorlarimiz doimo xizmatingizga şay. Xohlasangiz qönğiroq qilib, xohlasangiz Telegram orqali savolingizni yozib operatorlarimiz xizmatidan foydalanişingiz mumkin.

Siz joylagan e'lonni Özbekistonning barça viloyat va tumanlaridan minglab foydalanuvçilarimiz kirib körişadi, siz joylagan buyum albatta öz egasini topadi.












