Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi tumanidagi maktabda öquvçilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mehnat vazirligi xabar böyiça munosabat bildirdi. Unga köra öquvçilarning işlatilgani tasdiqlangan.
Ma'lum qilinişiça, Qarşi tumani Xalq ta'limi bölimiga qaraşli 45-maktabda öquvçilarning majburiy işlatilgani holati Qaşqadaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganilgan.
Örganiş davomida Qarşi tumanida joylaşgan 45-maktab öquvçilari obodonlaştiriş işlariga jalb qilingani holatlari aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat böyiça Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, prokuratura organlariga yuborilgan.
Qaşqadaryoda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilmoqda
Qaşqadaryoda öqituvçilarga maktab hojatxonasini tozalatgan direktor jazolandi









